Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Orientation week


2022/2023-o‘quv yilida talabalikka qadam qo‘ygan yoshlarni universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish maqsadida UrDUda “Orientation Week” loyihasi davom etmoqda.

Bugun loyihaning 3-kunida UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori S.Davletov boshchiligida Tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabalari bilan muloqot o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekan muovinlari va tyutorlari, universitet Talabalar kengashi raisi S.Allanazarovlar qatnashdi. 
  
Erkin muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda hozirda dolzarb bo‘layotgan masalalar, talabalarni yotoqxonaga joylashish tartibi, universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar, talabalar bo‘sh vaqti mazmunli o‘tkazish maqsadida yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur loyiha doirasida o‘tkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yoshlar uchun ajratilgan grantlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan yangicha loyihalar haqida maʼlumot berildi.

urdu.uz, Orientation week

urdu.uz, Orientation week

urdu.uz, Orientation week

urdu.uz, Orientation week

 

Ulashish