Urganch davlat universiteti tyutorlari ijarada yashovchi talabalarning holidan xabar olish, sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ijara xonadonlarda boʻlmoqdalar.
Tashrif mobaynida talabalarni texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalari bilan tanishtirib, is gazidan zaharlanishni oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha tushuntirish bermoqdalar. Shuningdek, ijara shartnomasi tuzilganligi, talabalarning mavjud muammo va kamchiliklari bilan qiziqmoqdalar.
Xonadonlarni ozoda saqlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha zarur tavsiyalar berilmoqda.


