Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish – davr talabi


Hozir yurtimizda barcha jabhalarda tub o‘zgarishlar yuz berayotgan mas’uliyatli pallada huquqiy tarbiyaning barcha shakl va usullaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otishga alohida e’tibor qaratish zarur.

Bugun, 22-sentabr kuni  Fizika-matematika fakultetining 1-kurs talabalari bilan Xorazm viloyati IIB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, mayor Sh.Botirova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mamlakatimiz aholisining aksariyat qismini yoshlar tashkil etishi, shu bois ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini, huquqiy bilimlarini oshirish, har bir siyosiy jarayondan xabardorligini taʼminlash zarurligi qayd etildi. 

urdu.uz, Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish – davr talabi

urdu.uz, Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish – davr talabi

urdu.uz, Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish – davr talabi

Ulashish: