Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor va yoshlar


Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning navbatdagi uchrashuvi  Iqtisodiyot fakultetining 1-kurs talabalari bilan boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga  oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga koʻtarilganligi, yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, xususan, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtildi.

Rektorning bu kabi uchrashuvlaridan koʻzlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarni universitetning sharoit va imkoniyatlari, ichki tartibi, “Odob-axloq” qoidalari bilan yaqindan tanishtirish, talabalar turar joyiga joylashish masalasi, shuningdek, talabalardagi mavjud muammo va kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etildi.

urdu.uz;Rektor va yoshlar

urdu.uz;Rektor va yoshlar

urdu.uz;Rektor va yoshlar

Ulashish