Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Zakovatchilarni Urganch davlat universiteti talabalari safida koʻrsam xursand boʻlaman…

Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda UrDU oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, akademik litsey direktori Sardor Xodjaniyozovlar oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida o'tkazilgan  “Zakovat” intellektual oʻyinining Respublika bosqichi  g'oliblari - Urganch davlat universiteti akademik litsey jamoasini qutlash maqsadida litseyga tashrif buyurishdi, oʻzlarining tabrik soʻzlarini yoʻlladilar. 
“Sizlar bu g'alabangiz tufayli muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan imtiyoz asosida talabalik baxtiga musharraf bo'ldingizlar. Zakovatchilarni Urganch davlat universiteti talabalari safida koʻrsam xursand boʻlaman. Universitetimiz hamisha sizlarni qoʻllab-quvvatlaydi...”, - deya eʼtirof etdi rektor B.Abdullayev o'zining tabrik soʻzida. 
Shundan so'ng, Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi, “Zakovat intellektual klubi” NNT va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Diplomi hamda Urganch davlat universitetining pul mukofoti va sertifikatini  tantanali topshirdilar.
Uchrashuv yakunida, jamoa murabbiysi Z.Bekchanov va jamoa aʻzolari oʻzlarining mamnuniyatini izhor etib, nutq soʻzladilar.
urdu.uz;Zakovatchilarni Urganch davlat universiteti talabalari safida koʻrsam xursand boʻlaman…

Ulashish