Bugun shahrimizdagi “Yoshlik” sport oʻyingohida futbol boʻyicha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi "Universiada-2022" musobaqalarining ikkinchi kuni bo'lib o'tdi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasi Navoiy viloyati jamoasiga qarshi, Xorazm viloyati jamoasi esa Buxoro viloyati jamoasiga qarshi maydonga tushdilar.
Natijalarga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasi 4:1 hisobiga, Xorazm viloyati jamoasi esa 2:1 hisobiga peshqadamlikni qo'lga kiritishdi.
Universiada musobaqalari ertaga ham davom etadi.


