Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Webster magistrlik dasturlari taqdimoti Urganch Davlat Universitetida


Bugun 1-noyabr kuni Toshkentning Webster universiteti professor-o'qituvchilari, jumladan Rokhatoy Boltayeva va boshqa bir qancha o'qituvchilar tomonidan Xorijiy filologiya fakulteti bitkazuvchi talabalariga Webster universitetining Magistratura ta'lim dasturlari bo'yicha seminar-trening o'tkazildi. Mavzu doirasida MA EDIN va MA TESOL dasturlari, magistraturaga hujjat topshirish tartibi, o'quv jarayoni, o'quv kurslari haqida keng ma'lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar Webster universitetini bitkazish orqali qanday imkoniyatlarga ega bo'lishlari haqida to'xtalib o'tildi. Seminar-trening barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli shukuhda o'tdi.

Ulashish: