Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kinologiya xizmati xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi


Bugun, 3-noyabr kuni Urganch davlat universitetida tabiat olamining muhim boyliklaridan biri bo‘lgan  hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar boshqarmasi Kinologiya bo‘linmasi boshlig‘i, podpolkovnik J.Rahmatov, Kinologiya bo‘linmasi veterenariya feldsheri, kichik serjant Gʻ.Radjabov, Kinologiya bo‘linmasi instruktor kinologi T.Allamovlar mehmon sifatida ishtirok etishdi. 

Uchrashuvni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, hayvonot olamiga mansub jonzotlarga yaxshi munosabatda bo‘lish, ularning insoniyat hayotida muhim o‘rin tutishi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, tadbir mehmonlari hayvonlarni muhofaza qilish, ularning tabiatdagi muvozanatini saqlab qolish haqida so‘zga chiqdilar. Jumladan, Kinologiya bo‘linmasi instruktor kinologi T.Allamov xizmat itlari va ularning faoliyati, ularni jarayonlarga tayyorlash, qo‘lga o‘rgatish haqida, Kinologiya bo‘linmasi veterenariya feldsheri, kichik serjant Gʻ.Radjabov hayvonlar bilan munosabatga kirgan paytda gigiyenik qoidalarga amal qilish zarurligi va qonun-qoidalari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarini talaba-yoshlar e’tiboriga havola etdi. 

Shundan so’ng, talaba-yoshlar uchun xizmat itlarining faoliyatidan ko’rinishlar  namoyish etildi.

urdu.uz, Kinologiya xizmati xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Kinologiya xizmati xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Kinologiya xizmati xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Kinologiya xizmati xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Ulashish: