Yurtimiz oliy taʼlim muassasalarining sportga oshno talaba-yoshlarini o'z atrofiga jamlagan "Universiada-2022" musobaqalarining Stol tennisi bo'yicha respublika bosqichi bugun, 6-noyabr kuni o'z ishini boshladi.
Stol tennisi bo'yicha musobaqalarga Xorazm viloyati mezbonlik qilmoqda. Urganch davlat universiteti ushbu musobaqani o'tkazishda asosiy tashkilotchilardan sanaladi.
Musobaqalarda respublikamizni barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoalari ishtirok etmoqda. O'yinlar shahrimizda joylashgan Urganch olimpiya va paralimpiya zahiralari kollejida o'tkazilmoqda.
"Universiada-2022" sport musobaqalarining Stol tennisi bo'yicha respublika bosqichi joriy 8-noyabrga qadar davom etadi.



