Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Mahallalarning faol yoshlari taqdirlandi


Bugungi kunda Urganch davlat universiteti viloyatimizdagi 10 ta mahalla bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
 
     Xususan, mahallalardagi  yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʼyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, 5 ta muhim tashabbus loyihalari, turli toʻgaraklar, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator ishlar reja asosida oʻtkazilmoqda.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda mahallalarning yoshlar yetakchilari oʻzlarining munosib hissani qoʻshmoqdalar.

    Bugun UrDU Birinchi prorektori S.Davletov “To’maris izdoshlari” madaniy-maʼrifiy tadbiri doirasida ana shunday yoshlar yetakchilari, MFY xotin-qizlar masalalari bo‘yicha faollari, mahallalarning bir guruh iqtidorli yoshlari bilan  uchrashuv oʻtkazdi, kelgusida mahalla va OTM oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kelgaytirish borasida suhbatlashdi hamda ularga faolligi uchun faxriy yorliq va universitetning esdalik sovgʻalarini topshirdi. 

urdu.uz, Mahallalarning faol yoshlari taqdirlandi

urdu.uz, Mahallalarning faol yoshlari taqdirlandi

urdu.uz, Mahallalarning faol yoshlari taqdirlandi

urdu.uz, Mahallalarning faol yoshlari taqdirlandi

Ulashish: