Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

“Eng yaxshi talaba” respublika koʻrik-tanlovining universitet bosqichi gʻoliblariga pul mukofotlari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 310-sonli buyrug‘iga asosan, Urganch davlat universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Eng yaxshi talaba”  respublika koʻrik-tanlovining universitet bosqichi  nizom asosida baholandi. Unga koʻra,  Pedagogika fakulteti talabasi Rajapova Nasiba 1-o‘rin, Tarix fakulteti talabasi Polvannazirov Shuhratbek 2-o‘rin,  Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Bahtiyarov Og'abek 3-o‘rin gʻolibi deb topildi. 

Birinchi o‘rin sohibasi Rajapova Nasiba tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Gʻoliblarimiz Urganch davlat universiteti tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandilar. Bugun UrDU Birinchi prorektori S.Davletov gʻoliblarga sertifikatlarni topshirdi.  Uchrashuvda talabalarimizning  ota-onalari ham ishtirok etib, oʻz minnatdorchiligini izhor etdilar.

urdu.uz, “Eng yaxshi talaba” respublika koʻrik-tanlovining universitet bosqichi gʻoliblariga pul mukofotlari berildi

Ulashish: