Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Rektor: “Sizlarni UrDU talabalari safida koʻrsam xursand boʻlaman!”


Urganch davlat universitetiga oliy ta’limdagi o‘quv jarayonlari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Gurlan tumanining “Sovunchi” va “Paxtachi” mahallalarida joylashgan 21- va 23-sonli maktablarning 10-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi. 

▫️ O‘quvchilar dastlab fakultetlarda boʻlib, o‘quv xonalari bilan tanishdilar. Shuningdek, talabalar turar joylari, kutubxona va sport zallarini borib koʼrdilar. Sayohat davomida masʼullar tomonidan universitet tarixi, bugungi kundagi ta’lim jarayonlari, talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berib borildi. 

▪️ Shundan soʼng, universitet rektori Baxrom Abdullayev mehmonlarimiz bilan uchrashuv oʼtkazdi.  Maktab o‘quvchilari bilan kelgusida  kasbga yo‘naltirish, kasb tanlash masalalarida suhbat olib bordi, ularning kelajakdagi maqsadlari haqida qiziqdi. Samimiy suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda rektor yoshlarni maqsadni aniq qoʼyib, kelajak tomon dadil qadam bosishga chaqirdi. Kelgusida oʼquvchilarning har birlari bilan Urganch davlat universitetining talabasi sifatida yana uchrashish istagini bildirib, barchalarini oʼqishlariga rivoj tiladi. 

urdu.uz, Rektor: “Sizlarni UrDU talabalari safida koʻrsam xursand boʻlaman!”

urdu.uz, Rektor: “Sizlarni UrDU talabalari safida koʻrsam xursand boʻlaman!”

urdu.uz, Rektor: “Sizlarni UrDU talabalari safida koʻrsam xursand boʻlaman!”

Ulashish: