Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



““Korrupsiyasiz soha” tamoyili asosida oʼtkazilgan soʼrovnomalar natijalari va galdagi rejalar” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi


2022-yilning 19-noyabrida Urganch davlat universitetida ““Korrupsiyasiz soha” tamoyili asosida oʼtkazilgan soʼrovnomalar natijalari va galdagi rejalar mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i X.Shixova, Fizika-matematika va Tabiiy fanlar fakulteti talabalari, tyutorlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i X.Shixova tomonidan oliy ta'lim tizimi boshqa sohalar kabi rivojlanishning yangi davrini boshidan kechirayotganligi va muhim islohotlar amalga oshirilayotganligi, xususan, oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi tobora mustahkamlanib, ta'lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta'kidlab o‘tildi.

Davlat va jamiyat rivojlanishiga rahna soluvchi illat – korrupsiya va uni oldini olish borasida Urganch davlat universitetida muntazam ravishda olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtalib,  “Korrupsiyasiz soha” tamoyili asosida universitetda oʼtkazilgan soʼrovnomalar, ularning natijalari taqdimotlar asosida tushuntirildi, galdagi rejalar haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning pedagogik texnologiyalari, talabalarda akademik halollik madaniyatini shakllantirish, universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi o‘z faoliyatini qonun va qonunosti hujjatlar asosida olib borayotgani, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi xulosalar bayon etildi.

Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar. 

urdu.uz, ““KORRUPSIYASIZ SOHA” TAMOYILI ASOSIDA OʼTKAZILGAN SOʼROVNOMALAR NATIJALARI VA GALDAGI REJALAR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI  BOʻLIB O‘TDI

urdu.uz, ““KORRUPSIYASIZ SOHA” TAMOYILI ASOSIDA OʼTKAZILGAN SOʼROVNOMALAR NATIJALARI VA GALDAGI REJALAR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI  BOʻLIB O‘TDI

urdu.uz, ““KORRUPSIYASIZ SOHA” TAMOYILI ASOSIDA OʼTKAZILGAN SOʼROVNOMALAR NATIJALARI VA GALDAGI REJALAR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI  BOʻLIB O‘TDI

 

Ulashish: