Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti delegatsiyasi Astraxan davlat universitetida tajriba almashmoqda


Urganch davlat universiteti Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani Jumanazar Ro‘zimov, “Meva va sabzavotchilik” kafedrasi mudiri Sanjarbek Sa’dullayev, “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Jurabek Rahimov, “O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Guli Husainovalar ayni kunlarda hamkor Astraxan davlat universitetida xizmat safarida boʻlib turibdilar.

Vakillarni Astraxan davlat universiteti rektori Konstantin Markelov kutib oldi va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Tashrifning ilk kunida Astraxan davlat universiteti madaniyat markazi negizida boʻlib oʻtgan “Ijtimoiylashtirish” loyihasining yopilish marosimida ishtirok etishdi.

Tashrifning ikkinchi kunida universitet infratuzilmasi hamda robototexnika, elektronika, mikroprotsessor texnologiyalari, dizayn va prototiplash laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdilar.

“Harakat biomexanikasini uch o‘lchovli o‘rganish” jamoaviy foydalanish markaziga tashrif buyurib, ularga asbob-uskunalar qanday qo‘llanilishi haqida atroflicha tushuntirib berildi.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Aleksandr Treschev boshchiligidagi uchrashuvda biotexnologiya, genetika, agrobiznes, qishloq xo‘jaligi, tilshunoslik kabi yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, o‘qituvchi va talabalarning akademik mobilligi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari qayd etildi. Yig‘ilish Agrobiznes, texnologiya va veterinariya fakulteti, Biologiya fakulteti, Chet tillar fakulteti hamda Filologiya va jurnalistika fakulteti dekanlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Astraxan davlat universitetida oliy maktabning yosh oʻqituvchilari birinchi koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda  UrDU “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi Jurabek Raximov faol ishirok etdi.

Filolgiya fakulteti o'qituvchisi Husainova Guli soha bo'yicha o'zaro tajriba almashib, munozara va ko'rik-tanlovlarda faol ishtirok qilmoqda

Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani Jumanazar Ro‘zimov va “Meva va sabzavotchilik” kafedrasi mudiri Sanjarbek Sa’dullayevlar qishloq xo’jaligi sohasida  Agrobiologiya, axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish innovatsion texnologiyalar markazi bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birgalikda, Astraxan davlat universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan ham uchrashuv bo’lib o’tdi.urdu.uz, Urganch davlat universiteti delegatsiyasi Astraxan davlat universitetida tajriba almashmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti delegatsiyasi Astraxan davlat universitetida tajriba almashmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti delegatsiyasi Astraxan davlat universitetida tajriba almashmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti delegatsiyasi Astraxan davlat universitetida tajriba almashmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti delegatsiyasi Astraxan davlat universitetida tajriba almashmoqda

 

Ulashish: