Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining noyabr oyi soni bo'lib o'tdi


Bugun, 30-noyabr kuni Filologiya fakulteti tomonidan universitet miqyosida  an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining noyabr oyi soni bo'lib o'tdi.
   Unda Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
 Tanlov Isajon Sultonning   “Genetik” romani hamda rus adibi Mixail Bulgakovning “Ityurak” asarlari yuzasidan  tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda Filologiya  fakultetining 8 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.

 Tadbirda 196-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan  taqdimot,  oilada kitobxonlikni targ'ib etuvchi sahna ko'rinishlari hamda go'zal raqs va  kuy-qo'shiqlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Tanlov natijalariga ko'ra: 

1-o'rin 204-guruh talabasi Jumaniyazova Munis;
2-o'rin 206-guruh talabasi Odamboyeva Zuhra;
3-o'rin  198-guruh talabasi 
Rajabboyev Og'abek.

Rus tili yo'nalishi talabalarining natijalari: 

1-o'rin 221-(yevro) guruh talabasi Mutallayeva Olesya;
2-o'rin 221-(yevro) guruh talabasi Otajonova Dilnura;
3-o'rin sohibi 192-(yevro) guruh talabasi G'ulomjonova Munira. 

   Tanlov g'oliblari hamda  tanlovda faol qatnashgan talabalar fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, "KITOBXON TALABA" KO'RIK-TANLOVINING NOYABR OYI SONI BO'LIB O'TDI

urdu.uz, "KITOBXON TALABA" KO'RIK-TANLOVINING NOYABR OYI SONI BO'LIB O'TDI

urdu.uz, "KITOBXON TALABA" KO'RIK-TANLOVINING NOYABR OYI SONI BO'LIB O'TDI

Ulashish: