Bugun, Urganch davlat universitetida 3-dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan “Zavokat” bellashuvlari tashkil etildi.
Bellashuvlarni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, talabalarga oʻzining samimiy hurmat-ehtiromi va ezgu tilaklarini izhor etdi. Muhtaram Prezidentimizning ushbu sana munosabati mamlakatimiz xalqiga yoʻllagan murojaati mazmun-mohiyati haqida toʻxtaldi.
“Zakovat” oʻyinlarida har fakultetdan 1 ta jami 11 ta jamoa ishtirok etdi. Qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻlgan bellashuv natijalariga koʻra, Fizika-matematika jamoasi 1-o‘rinni, Xorijiy filologiya fakulteti 2-o‘rinni, Tarix fakulteti jamoasi esa 3-o‘rinni qoʻlga kiritdi.
Turnir "Zakovat" intellektual o‘yini Xorazm viloyati hududiy koordinatori Ilhom Babajanov tomonidan olib borildi.



