Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

UrDUda ”Yarimoʻtkazgichlar, nanomateriallar va fotoenergetikaning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazilmoqda

Bugun, 9-dekabr kuni Urganch davlat universitetida ”Yarimoʻtkazgichlar, nanomateriallar va fotoenergetikaning dolzarb muammolari mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani  boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu anjuman   butun hayoti, bilim va salohiyati, g‘ayrat-shijoatini ilm-fan rivojiga, mamlakatimizda oliy ta’limni taraqqiy toptirishga, yosh avlodning tarbiyasi va kamoliga bag‘ishlayotgan ustozimiz, fizika – matematika fanlari doktori, professor  Ahmadjon Yusupovning 70 yilligiga bag‘ishlandi.

Anjumanning tantanali marosimida Respublikaning barcha hududlaridan  ilm dargʻalari, taniqli professorlar, Ahmadjon Yusupovning zamondosh doʻstlari, yaqin hamkasblari, shogirdlari qolaversa, Xorazm viloyati hokimligi vakillari, Urganch davlat universiteti rahbariyati va Fizika-matematika fakulteti jamoasi ishtirok etdi.  

UrDU Birinchi prorektori S.Davletov moderatorligida olib borilgan ushbu tadbirni universitet rektori B.Abdullayev oʻzining ezgu tilaklari bilan ochib berdi.

Shuningdek, Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari S.Salayev viloyat hokimi F.Ermanovning tabrigini oʻqib eshittirdi va esdalik tuhfasini topshirdi.

Professor Ahmadjon Yusupov mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson, tashabbuskor va mohir rahbar, yirik olim, iste’dodli murabbiy, ma’rifatparvar insondir. Maʼrifiy kechada tabrik soʼzini olgan mehmonlar ustozning ana shunday insoniy fazilatlarini eʼtirof etdilar.

Jumladan,  Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi A.Sa'dullayev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Elektrotexnika va radiotexnika” kafedrasi mudiri X.Sattarov,  Toshkent davlat texnika universiteti professori N.Zikrillayev, Qoraqalpoq davlat universiteti professori  Q.Ismoilov, Samarqand davlat universiteti professori A.Jumaboyev, Fargʻona davlat universiteti professori R.Rasulov,  Andijon davlat universiteti professori  I.Karimov,  TATU Urganch filiali d.v.b. Oʻ.Matyaqubov hamda UrDU faxriy professori S.Masharipovalar tabrik soʻzlari bilan nutq soʻzladilar. Ustozning ilmiy salohiyati, sohani yuksaltirishga qoʻshgan ulkan hissasi, hanuzgacha shogirdlari bilan ilm yoʻlidagi samarali mehnatlarini alohida eʼtirof etdilar, esdalik sovgʻalarini taqdim qildilar.

Anjumanning tantanali marosimi yakunida ustoz Ahmadjon Yusupov barcha soʼz olganlar va tadbir qatnashchilariga oʼzining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan soʼng, anjumanning plenar qismiga navbat berilib, kun tartibiga muvofiq maʼruzalar tinglandi. 

urdu.uz, UrDUda ”Yarimoʻtkazgichlar, nanomateriallar va fotoenergetikaning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazilmoqda

Ulashish: