Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi


 Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari bugungi kunda el-yurtimiz hayotida goʻzal anʼanaga aylandi.  Ayniqsa, bu kabi uchrashuvlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat qilish ruhida tarbiyalash, qolaversa, nuroniylarimizning oʻtgan umrlarini eslab, kechgan damlarini mamnuniyat bilan xotirlashlari yoshlar qalbida shukronalik tuygʻusini uygʻotishi bilan muhim ahamiyatga egadir. 

   Bugun, 15-dekabr kuni ana shunday ezgulikka yoʻgʻrilgan tadbirlardan biri Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv Tabiiy fanlar fakulteti hamda  Urganch shahrining “Ma’rifat”, “Avesto”,  “Navbahor”, “Toza bog’” va “Feruz” mahallalari hamkorligida tashkil etildi. 

   Tadbirni Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov kirish soʻzi bilan ochib bergach,  nuroniylarning hayot yo‘llari, olib borgan ko‘p yillik faoliyatlari davomidagi o‘ziga xos yutuqlari va sinovlari haqidagi maʼruzalari tinglandi.  Ayniqsa, hayotiy pand-nasihatlari talaba-yoshlar uchun yuksak ma‘naviy tarbiya bo‘ldi.  “Uch avlod uchrashuvi”ga Urganch shahar Madaniyat boʻlimi qoshidagi “Folklor xalq ansambli”ning badiiy  chiqishlari bayramona koʻrk baxsh etdi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdiaaaaaa

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdiaaaaaa

Ulashish: