Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Hamkor Ege universiteti bilan aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi


Bugun, 16-dekabr kuni Turkiyaning hamkor Ege universiteti bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.  Uchrashuvda Ege universitetining Fan fakulteti dekani, professor-o‘qituvchilari hamda hozirgi kunda Ege universitetida malaka oshirayotgan universitetimizning  professor-o’qituvchilari hamda  UrDU “Biologiya”, “Kimyo”, “Fizika”, “Matematika” kafedra mudirlari va Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimlari qatnashdilar. 

Uchrashuv davomida ikki ta’lim muassasasii o‘rtasidagi akademik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish,  ta’lim va tadqiqot faoliyatini olib borish, malaka oshirish hamda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini rag‘batlantirish, "Orhun Exchange Program" va "Mevlana Exchange Program" dasturlari asosida  professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil qilish yuzasidan takliflar berildi.

Shuningdek, Ege universitetining professor-o’qituvchilarini  2022/2023 yil bahorgi semestr o’quv jaroyonlariga jalb qilish bo'yicha muzokaralar ham olib borildi.

urdu.uz, Hamkor Ege universiteti bilan aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Hamkor Ege universiteti bilan aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Hamkor Ege universiteti bilan aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ulashish: