Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Rektorning fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda


Bugun, 4-yanvar kuni UrDU rektori B.Abdullayev  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov va rektor maslahatchisi R.Sharipov hamrohligida  Iqtisodiyot fakulteti dekani I.Abdullayev boshchiligidagi fakultet jamoasi bilan uchrashdi.  

Uchrashuv avvalida rektor fakultetning oʻziga xos yutuqlarini qayd etib, oʻtgan eski yil davomida faol mehnat qilib, fakultet rivojiga hissa qoʻshgan professor-oʻqituvchilarni e'tirof etdi. Jamoani ilmiy faoliyati yuzasidan qilingan ishlarini tahlil qilib, xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda, xususan, Scopus bazasiga mansub nufuzli jurnallarda maqolalar chop qilishni yanada oshirish boʻyicha, qolaversa, taʼlimni sifatli tashkil etish, pedagoglarni chet tili bilish koʻnikmasini oshirish borasida tegishli topshiriqlar berdi. 

Maʼlumot oʻrnida, hozirda Iqtisodiyot  fakultetida  4 ta kafedra va ularda asosiy shtatda jami 67 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Fakultet ilmiy salohiyati  35,8% ni tashkil etadi. Soʼnggi ikki yilda 1 nafar fan doktori (DSc) va 25 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyalar qilingan.

urdu.uz, Rektorning fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda

urdu.uz, Rektorning fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda

urdu.uz, Rektorning fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda

Ulashish: