Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

UrDU tyutorlari “Ulli hovli” majmuasiga sayohat uyushtirishdi

Bugun, 9-yanvar kuni Urganch davlat universiteti tyutorlari  “Ulli hovli” majmuasiga sayohat qilishdi. Tyutorlarga majmua xodimasi yoʻlboshchilik qilib, ushbu tarixiy obida bilan yaqindan tanishtirdi. 

Ikki davlat oʻrtasida qoʻshnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida barpo etilgan «Ulli hovli» majmuasi tarixiy obidalardan biridir. XVII asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o‘rinli mehmonxona qurildi. Turkman o‘tovlari o‘rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Hozirda devor bilan o‘ralgan qalʼa ikki xalq madaniyatini o‘rganishni istagan har bir kishi uchun doimo ochiqdir.

urdu.uz, UrDU tyutorlari “Ulli hovli” majmuasiga sayohat uyushtirishdi

Ulashish: