Shu yilning 26-30-yanvar kunlari Navoiy viloyatida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sportning Dzyudo turi boʻyicha “Universiada” sport musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Unda Urganch davlat universitetining sportchi talaba-yoshlari sovrinli natijalar bilan ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida Xorazm viloyati (UrDU) jamoasi 2-oʻrinni egallashdi.
Demak, talabalarimizning natijalari bilan tanishing:
Qo‘shnazarova Sarvinoz (57 kg): 1-o‘rin – Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
Qadirberganova Muxlisa (63 kg): 1-o‘rin – Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
Ozodova Charos (+78 kg): 1-o‘rin – Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
Bayliyeva Zarnigor (78kg): 2-o‘rin – Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
Otajonova Jumagul (52 kg): 3-o‘rin – Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
Sadullayev Abdullo (66 kg): 3-o‘rin – Tarix fakulteti talabasi
Sharifboyev Shixnazar (73 kg): 3-o‘rin – Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
Dushamov Otabek (81 kg): 3-o‘rin – Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
Ushbu faxrli gʻalaba bilan talabalarimizni va ularning ustozlarini samimiy qutlaymiz!



