Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Fakultetimizning bir guruh professor-o'qituvchilari taqdirlandilar


2023-yil  26-yanvar  sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining  6-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi. Kengash yigʻilishini rektor anʼanaga muvofiq qutlovlar bilan boshladi: Jumladan, ko‘p yillik samarali mehnati, o‘z xizmati vazifasiga sodiqligi uchun Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov hamda “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primovga  vazirlikning faxriy yorlig‘i hamda universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi. “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti D.Oʻrazboyevaga Fan doktori diplomi, shuningdek, U.Latipova, Z.Ataullayev, M.Nurullayevalarga esa PhD diplomlari taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta‘sis etilgan Prezident va nomli davlat stipendiyalarining 2022-2023-o‘quv yili uchun tanlovidan o‘tgan 20 nafar stipendiatlarimizga Guvohnomalari hamda ularning ilmiy rahbarlariga Tashakkurnomalar topshirildi.  Shuningdek, Prezident stipendiyasining Respublika bosqichi qatnashchilariga ham vazirlikning sertifikatlari topshirildi.  Shundan so‘ng,  Kengash yig‘ilishi kun tartibidagi turli xil masalalar bilan o‘z ishini davom ettirdi.

Ulashish: