Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni" haftaligi munosabati bilan ko'rgazma tashkil etildi


Xabaringiz bor, BMT tomonidan 11-fevral kuni “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan ayni kunlarda “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” haftaligi doirasida Urganch davlat universitetida ham qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. 

Jumladan, bugun 2-fevral kuni filologiya fanlari bo‘yicha fan nomzodi, dotsent Munavvara Salaevaning 98 yilligiga bagʻishlangan Xotira kechasi munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazilmoqda. 

Tadbir oldidan esa universitetimiz bosh binosida olima ayollarimiz va talaba-qizlarimizning ilmiy-ijodiy koʻrgazmasi namoyish etildi. 

Koʻrgazmada UrDU rektori B.Abdullayev boshchiligida universitet jamoasi va tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.

urdu.uz,  “Uch avlod uchrashuvi” o'tkazilmoqda

urdu.uz,  “Uch avlod uchrashuvi” o'tkazilmoqda

urdu.uz,  “Uch avlod uchrashuvi” o'tkazilmoqda

urdu.uz,  “Uch avlod uchrashuvi” o'tkazilmoqda

Ulashish: