Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ochiq darslar samaradorligi o'rganilmoqda


 Joriy yilning 25-fevral kuni UrDU Filologiya fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi G.Xusainova  221-guruh amaliy filologiya yoʻnalishi talabalariga Davlat tilida ish yuritish va monitoring fanidan ochiq dars o'tkazdi.    

 Ochiq dars "Tashkiliy hujjatlar: guvohnoma, yoʻriqnoma, nizom-ustav. Shartnomaning oʻziga xos xususiyatlari" mavzusida bo'lib o'tdi. Dars jarayonida talabalar tashqi hujjat va ularning turlari, tuzilishi haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻldilar. Turli tarqatma materiallar, guruh boʻlib ishlash orqali mavzuni yanada mustahkamladilar.

 Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.d. D.Yoʻldoshev va U.Rajabovalar ishtirok etishdi. Kuzatuvchilar dars samaradorligi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ulashish: