Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



MUNAVVARA SALAYEVA NOMIDAGI STIPENDIYA SOHIBALARI ANIQLANDI


MUNAVVARA SALAYEVA NOMIDAGI STIPENDIYA SOHIBALARI ANIQLANDI

Maʼlumki, (https://t.me/URDU_PRESSA/24742)  isteʼdodli, iqtidorli va har jabhada faol talaba (oʻquvchi) qizlar uchun Urganch davlat universiteti tomonidan olima Munavvara Salayeva nomidagi stipendiya ta'sis etildi.

27- fevral kuni mazkur stipendiyaga nomzodlarning test natijalari hamda hujjatlar tahlili ishchi komissiya tomonidan ko'rib chiqildi va stipendiatlar eʼlon qilindi:

UrDU Iqtisodiyot fakulteti talabasi Oysha Nazarova va UrDU akademik litseyidan Maftuna Eshchanovalar loyiq deb topildi. 

UrDU huzuridagi aniq fanlar maktabi ishtirokchilari uchun bir oydan so'ng alohida tanlov o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, stipendiat boʻlgan qizlarimizni chin dildan tabriklaymiz!

Ulashish: