Joriy yilning 23-27 mart kunlari Buxoro viloyatida «Universiada» musobaqasining kurash bo‘yicha final o‘yinlari boʻlib oʻtdi. Musobaqalarda Xorazm viloyati jamoasi sharafini himoya qilgan sportchi yoshlarimiz munosib ishtirok etib, “Universiada” sport musobaqalari uchun muhim reyting ballarini taqdim qildilar.
Kurash musobaqalarida jamoamizni sportchi yoshlari jami 2 ta oltin va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar:
Hajiyeva Farangiz - 70 kg vazn toifasida – Oltin medal;
Ozadova Charosxon - 87+ vazn toifasida - Oltin medal;
Masharipova Hosiyat - 87 vazn toifasida – bronza medal;
Beyliyeva Zarnigor - 78 vazn toifasida – bronza medal;
Sultanova Mamlakat - 63 vazn toifasida – bronza medal.
Sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaymiz!



