Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Fizika-matematika fakultetida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi


Bugun, 29-mart kuni Fizika-matematika fakulteti Amaliy-matematika va fizika yoʻnalishi talabalari  bilan "Uch  avlod  uchrashuvi" oʻtkazildi. 

Tadbirda universitetimizning faxriy ustozlari, jumladan, “Boshlangʻich ta'lim metodikasi” kafedrasi professori S.Masharipova,  “Axborot texnalogiyalari” kafedrasi  katta  oʻqituvchisi  A.Jumanazarova, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta oʻqituvchisi T.Qalandarovalar  mehmon boʻldi. 

Faxriy ustozlar bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta'limga va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, konstitutsiyaviy islohotlar haqida soʻz yuritdilar. Oʻz hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Uchrashuv qizgʻin tarzda boʻlib, unda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.  

urdu.uz, Fizika-matematika fakultetida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi

urdu.uz, Fizika-matematika fakultetida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi

urdu.uz, Fizika-matematika fakultetida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi

Ulashish: