Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Urganch davlat universitetida “Talabalar forumi” oʻtkazildi

Joriy yilning 31-mart sanasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Urganch davlat universitetida “Talabalar forumi” bo‘lib o‘tdi. 

Forumda qator sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda ko‘rgazmalar o‘rin oldi. Jumladan, qizg‘in tus olgan futbol, voleybol, kurash, arqon tortish, shaxmat, stol tennis, armrestling sport musobaqalarida har fakultetdan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. 

Forumga o‘zgacha zavq bergan “Zakovat” intellektual o‘yinida ham talaba-yoshlar maroq bilan qatnashishdi. 

Mazkur “Talabalar forumi”da folklor jamoalarining chiqishlari bilan Pedagogika fakulteti talabalari o‘zlarining mahoratli sahna ko‘rinishlari orqali barchaga xush kayfiyat ulashishdi.

Shu bilan bir qatorda, forumda tasviriy san’at ko‘rgazmasi, talabalarning qo‘l ishlari, innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Talabalar forumi” oʻtkazildi

Ulashish: