Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida


Joriy yil 1-aprel kuni Urganch davlat universitetida  xalq muhokamasiga qo‘yilgan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida" gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan navbatdagi targʼibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi markaziy kengashi raisi A.Hamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati K.Jumaniyozov, Ekologik partiyaning viloyat kengashi vakillari, bir guruh partiya aʼzolari, UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, Tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. 

Tadbirni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʼzi bilan ochib berib, yurtimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatiga toʻxtaldi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi markaziy kengashi raisi A.Hamzayev soʻzga chiqib, yangi tahrirdagi konstitusiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangilik va o‘zgarishlarga chuqur toʻxtaldi, hayotiy misollar bilan izohlab berdi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada oʻqituvchilar maqomi oshirish, yoshlar bandligi taʼminlash, ayniqsa, ekologik huquqlar masalalariga alohida toʻxtaldi. Ushbu maʼruza tom maʼnoda partiya raisining oʻz sohasi boʻyicha mahorat darsiga aylandi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida mehmonlarning mavzu doirasidagi turli maʼruzalari tinglandi. Yakunda esa ishtirokchilarning madaniy chiqishlari ham namoyish etildi.

urdu.uz, Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida

urdu.uz, Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida

urdu.uz, Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida

urdu.uz, Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida

Ulashish: