Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Tyutorlar uchun yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv seminar tashkil etildi

2023-yilning 1-aprel kuni tyutorlar uchun doimiy oʻquv-seminarining navbatdagi mashgʻuloti bo'lib o'tdi. Bu galgi seminar yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlandi.

Oʻquv mashgʻulotida UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganov, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’limi boshligʻi Y.Botirov va universitetning barcha tyutorlari qatnashdilar. 

UrDU Birinchi prorektori S.Davletov raisligidagi seminarda  O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasidagi oʻzgarishlar atroflicha muhokama qilindi. Har bir O‘zbekiston fuqarosi konstitutsiyaviy islohotlarga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi taʼkidlandi.

Seminarda tyutorlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

Yakunda esa shu yilning 31-mart kuni boʻlib oʻtgan “Talabalar forumi” doirasidagi tanlov va musobaqalar gʻoliblari eʼlon qilinib, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, Tyutorlar uchun yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv seminar tashkil etildi

Ulashish: