Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni boʻlib oʻtdi


Sport – salomatlik garovi. Bu soʻz bejizga aytilmagan. Doimiy harakatlar, sport mashqlari inson organizmini turli kasalliklardan muhofaza qiladi. 

Jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ'ib etish maqsadida Urganch davlat universitetida doimiy tarzda ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. 

Shu jumladan, bugun 11-aprel kuni O'zbekiston Respublikasining yangilanayotgan Konstitutsiyasiga oʻtkazilayotgan referendum munosabati bilan "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki,  Konstitutsiya- o‘zimizniki!" shiori ostida "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni o‘tkazildi. 

Marafon avvalida UrDU Birinchi prorektori S.Davletov soʻzga chiqib, yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat yoshlarni  jismonan, maʼnan va intellektual jihatdan har tomonlama sogʻlom, barkamol inson boʻlib yetishishlarini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishiga oid masalalarni norma sifatida belgilanayotganligi haqida toʻxtaldi.

Marafonda universitetning 4000 ming nafardan ortiq rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Yurish marafoniga universitet sport maydonida start berildi. Ishtirokchilar shu maydonda badantarbiya mashqlarini bajarishgach, belgilangan masofani bosib o'tdilar.

urdu.uz, "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni boʻlib oʻtdi

urdu.uz, "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni boʻlib oʻtdi

urdu.uz, "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni boʻlib oʻtdi

urdu.uz, "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni boʻlib oʻtdi

 

Ulashish: