18-may kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Urganch davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil qilingan "Quvnoqlar va Zukkolar" musobaqasining "Rektor kubogi" final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Final bosqichida saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan "Xorijiy oʻzbeklar", "Oliftalar", "Agromix", "Oʻzgacha" va "Qoshullilar" jamoalari qatnashdi.
Qizgʻin va murosasiz boʻlib oʻtgan tanlovning yakuniy natijalariga koʻra:
1 -oʻrin Tarix fakultetining "Qoshullilar" jamoasi;
2- oʻrin Xorijiy filologiya fakultetining "Xorijiy oʻzbeklar" jamoasi;
3-oʻrin Fizika-matematika fakultetining "Oʻzgacha" jamoasi.
Taqdirlash marosimi 30-iyun – "Yoshlar kuni"da boʻlib oʻtadi.




