Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor yoshlar xonadonida


Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning Urganch davlat universitetiga biriktirilgan Shovot tumanida yashovchi, qizil toifaga kiruvchi yoshlarning xonadonlariga navbatdagi tashrifi 2023-yilning 4-iyul kuni ham davom etdi. Rektorga Birinchi prorektor Sanjarbek Davletov hamda bir guruh masʼullar hamrohlik qildi. 

Bu gal mutasaddilar Shovot tumani “ Yangi yo‘l" MFY da istiqomat qiluvchi  Feruzbek Xusainovning xonadonida boʻlishdi. Feruzbek 2004-yilda tugʻilgan, nogironligi bor. Tashrif asnosida uning yashash tarzi bilan yaqindan tanishdilar. Ijtimoiy ahvolini oʻrganib, sogʻligi haqida qiziqdilar. Moddiy yordam hadya qildilar.   Feruzbek suhbat chogʻida kompyuter savodxonligini oshirish istagida ekanligini bildirdi, shu sababli unga mustaqil shugʻullanishi uchun sharoit yaratib beriladigan boʻldi.

Universitet rektorining yoshlar xonadonlariga tashrifi davom etadi.

urdu.uz, Rektor yoshlar xonadonida

urdu.uz, Rektor yoshlar xonadonida

Ulashish