Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

UrDU qoshidagi ixtisoslashtirilgan maktabga kirish test sinovlari boshlandi

Viloyatda istiqbolli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodni ilm-fanga qiziqtirish va ularning intellektual salohiyatini oshirish, matematika va fizika fanlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Urganch davlat universiteti huzuridagi fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab bugungi kunda oʻz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻygan. 

2023/2024-o‘quv yili uchun 7-sinfdan boshlab qabul qilinadigan ushbu ixtisoslashtirilgan maktabga iqtisod va texnika yo‘nalishlari uchun jami 125 ta qabul kvotalari ajratildi. 

Ayni paytda talabgorlar mazkur ixtisoslashtirilgan maktabga kirish uchun test jarayonlarida ishtirok etmoqda. Sinovlar Urganch davlat universiteti asosiy binosida oʻtkazilmoqda.

urdu.uz, UrDU qoshidagi ixtisoslashtirilgan maktabga kirish test sinovlari boshlandi

Ulashish