Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Talabalar ligasi” sport musobaqalari start oldi


Urganch davlat universitetida yoshlarni sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, sportga keng jalb qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari start oldi. Bugun, 12-sentabr kuni musobaqalarning fakultet bosqichi Sport va sanʼat fakultetida boshlandi.

Musobaqalar avvalida ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev hamda “Sport klub” raisi oʻrinbosari M.Rahimovlar soʻzga chiqib, musobaqalarning oʻtkazilish tartibi haqida gapirdilar va talabalarni faollikka chaqirdilar. Shundan soʻng, fakultetning 300 nafardan ortiq talabalari oʻrtasida stol tennis va basketbol boʻyicha musobaqalar boshlandi. 

urdu.uz, “TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI START OLDI

urdu.uz, “TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI START OLDI

urdu.uz, “TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI START OLDI

urdu.uz, “TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI START OLDI

Ulashish: