Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Urganch davlat universitetida O'zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi

Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi raisi T.Jumaniyozov va viloyat masʼul xodimlari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Hisobot-saylov yig'ilishida amaldagi yetakchining faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari hisoboti  tinglanib, bir ovozdan qoniqarli deb topildi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Urganch davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti Yetakchiligiga quyidagi nomzodlarning saylovi boʻlib oʻtdi:

▪️Samandarov Abbos Islomboy oʻgʻli- amaldagi universitet yoshlar yetakchisi;
▪️Allaberganov Ogʻaboy Oybek oʻgʻli -talabalarni turar-joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi;
▪️Sabirov Azizbek Quduratbek oʻgʻli  - Texnika fakulteti yoshlar yetakchisi.

Uch nafar nomzodlar ichidan Samandarov Abbos Islomboy oʻg'li 96 % ovoz bilan universitet yetkchiligiga qayta saylandi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida O'zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi

Ulashish: