Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



IIB xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi


Joriy yil 19-sentabr kuni Urganch davlat universitetining Fizika-matematika hamda Xorijiy filologiya fakultetlarida talaba-yoshlarning huquqiy onggi va madaniyatini oshirish, ularni turli jinoiy harakatlardan asrash hamda turli huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida tyutorlar tomonidan profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokidagi tadbir "Vatanimiz ravnaqi yoʻlida xalqimizga kamarbastamiz" mavzusida boʻlib, unda Urganch shahri boʻyicha IIO FMB 1 IIB boshligʻi, podpolkovnik Sh.Xasanov mehmon boʻldi.

Fizika-matematika fakultetida esa "Ichki va tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish vositalari" mavzusida tashkil etilib, unda Urganch shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor, kapitan Y.Qazaqova qatnashdi. Tadbirda 1-kurs Matematika yoʻnalishi talabalari ishtirok etishdi.

urdu.uz, IIB xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, IIB xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, IIB xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, IIB xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi

Ulashish