Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Urganch davlat universitetida "Ota-onalar kongresi" bo'lib o'tdi

Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligidagi rahbariyat joriy yilda talabalikka qabul qilingan Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Rektor ota-onalarni tabriklash barobarida ularning takliflarini eshitdi.  Shuningdek, UrDU ichki tartib-qoidalari haqida gapirib, talabalarning taʼlim-tarbiyasida ota-onalar hamkorlikda ishlashga chaqirildi.

Rahbariyat ota-onalardan talabalarning oʻqishi, yurish-turishi, qiziqishlaridan boxabar boʻlishlari, nazorat qilishlarini soʻradi. Darslarga o‘z vaqtida qatnashib, berilgan vazifalarni bajarishi muhimligi va bunda ota-onalar ham befarq bo‘lmasliklari tushuntirildi.

Uchrashuv yakunida ota-onalar farzandlari tahsil olayotgan muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, fakultet o'quv xonalari va talabalar turar joyi bilan tanishtirildi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida "Ota-onalar kongresi" bo'lib o'tdi

Ulashish: