Urganch davlat universitetida yoshlarni sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, sportga keng jalb qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilayotgan “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.
Bugun, 6-oktabr kuni “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi, “Universitet birinchiligi” baxslari talaba-qizlar oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha qizgʻin davom etmoqda. Unda universitetimizning barcha fakultetlaridan 9 ta jamoa ishtirok etmoqda.


