Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xalqaro tashrif


Urganch davlat universiteti bugungi kunda Janubiy Koreyaning 10 ga yaqin nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Qolaversa, oliygohimizda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Janubiy Koreyaning Koreyashunoslik Akademiyasi tomonidan moliyalashtirilayotgan "Koreyashunoslik va koreys tili" ta’limi loyihasi prof.J.Ermetova rahbarligida faoliyat yuritayotgani barchamizga maʼlum. 

Joriy yil 6-oktabr kuni mazkur loyiha doirasida Urganch davlat universitetiga Soon Shung Hyang universitetidan vakillar tashrif buyurdi. Mehmonlarni Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov hamda loyiha rahbari J.Ermetova mamnuniyat bilan kutib oldi.

Delegatsiya aʼzolari dastlab Xorijiy filologiya fakultetida boʼlib, Koreys tili markazi hamda Filologiya va tillarni oʼqitish: koreys tili yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarni dars jarayonlari bilan tanishdilar. Talabalar bilan suhbatda boʼldilar.

urdu.uz, Xalqaro tashrif

urdu.uz, Xalqaro tashrif

urdu.uz, Xalqaro tashrif

urdu.uz, Xalqaro tashrif

Ulashish: