Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Universitet tyutorlari uchun navbatdagi oʼquv-seminar boʼlib oʼtdi

Bugun, 7-oktabr kuni universitet tyutorlari uchun navbatdagi oʼquv-seminar boʼlib oʼtdi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, universitet Bosh hisobchisi A.Xaitboyev, fakultet yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosarlari, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim xodimlari hamda universitet tyutorlari ishtirok etdi. Shuningdek, Urganch shahar FVB boshligʼi oʼrinbosari E.Narimov, Ipoteka bank Xorazm viloyati filiali boʼlim boshligʼi S.Kenjayevlar mehmon boʼldi.

Seminarda talabalar uchun ta'lim krediti ajratish, kredit olish yo'l-yo'riqlari, shartnoma masalalari bilan bog'liq muammolar bo'yicha yaqindan tanishtirib o'tildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, talabalarning ijara xonadonlarini doimiy nazorat qilish, turli koʼngilsizliklarni oldini olish masalalari muhokama etildi.

Seminarda tyutorlar talabalar bilan ishlash amaliyotida zarur koʻnikmalarga ega boʻldilar.

urdu.uz,  Universitet tyutorlari uchun navbatdagi oʼquv-seminar boʼlib oʼtdi

Ulashish: