Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorijning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talabalarimiz holidan xabar olindi


2023/2024 o'quv yilining bahorgi semestri davomida Germaniya, Fransiya, Italiya, Slovakiya, Sloveniya va Belorus davlatlarining nufuzli hamkor oliy ta'lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar va xalqaro loyihalar doirasida Urganch davlat universitetining 16 nafar talabasi tahsil olayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 7-oktabr kuni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev va Xalqaro aloqalari bo'limi xodimlari ushbu talabalar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdilar.

Onlayn muloqotdan ko‘zlangan maqsad –talabalar bilan doimiy muloqotni davom ettirish,  ular duch kelayotgan muammolarini o‘rganish va hal qilishga ko‘maklashish, shuningdek, kelajakdagi rejalarini bilish,  xorijda ta’lim olayotgan mutaxassisliklari bo‘yicha mamlakatimizni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflarini o‘rganishni  ko‘zda tutadi.

Shuningdek, uchrashuvda Urganch davlat universitetini xalqaro miqyosda nufuzi va jozibadorligini oshirish, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

urdu.uz, Xorijning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talabalarimiz holidan xabar olindi

urdu.uz, Xorijning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talabalarimiz holidan xabar olindi

Ulashish: