Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi” tashkil etildi


Joriy yilning 23-26 oktabr kunlari Xorazm viloyatlarida o‘tkazilayotgan “Ozarbayjon madaniyati va she’riyat haftaligi” doirasida O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasi va tashabbusi bilan Urganch davlat universitetida Ozarbayjon shoiri, yozuvchi, dramaturg, jamoat arbobi sharafiga “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi” tashkil etildi. 

Ta’kidlash joizki, xalqlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ushbu markazda Ozarbayjonning milliy-maʼnaviy qadriyatlari, tarixi, adabiyoti, madaniyati va san'atini aks qildiruvchi kitoblar, ulugʼ shoir va yozuvchilarning siymolari, elektron adabiyotlar shu bilan birgalikda, Yusuf Chamanzaminlining hayoti va ijodiy faoliyatini o'zida  aks ettiruvchi adabiyotlar, fotosuratlar joy olgan. Shuningdek, markazda Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stligi, davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvlari, ularning qardoshligimiz, Ozarbayjon davlatchiligi, tarixi, madaniyati, adabiyoti haqidagi fikrlarini jamlagan ko’rgazma va burchaklar joy olgan.

????Bugun Ozarbayjon delegatsiyasi aʼzolari ishtirokida ushbu markazning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov, Toshkentdagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori, professor Boboxon Sharipov, Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari Botir Saidov, Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasi ishtirokida boʻlib oʻtgan marosimda ikki mamlakat oʻrtasidagi azaliy mushtarak jihatlar, anʻana va urf-odatlar, doʻstona aloqalar, taʼlim sohasidagi istiqbolli hamkorlik munosabatlari chuqur eʼtirof etilib, “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi” ushbu aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmati qilishiga ishonch bildirildi. Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan Ozarbayjon tarixi va adabiyotiga oid boy kitoblar to‘plami sovg‘a sifatida taqdim etildi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi” tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi” tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi” tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi” tashkil etildi

 

Ulashish: