Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

“Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi”ning ochilishi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi

Tadbirda Ozarbayjonning adabiyot, sanʼat va madaniyat vakillaridan tashkil topgan 15 nafardan iborat delegatsiya aʼzolari, Xorazm viloyat hokimligi vakillari, viloyatimizning taniqli ijodkorlari, universitet rahbariyati, O‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Dastlab Urganch davlat universitetining “Faxriy professori”, Ozarbayjon Milliy Majlis a’zosi, zabardast ijodkor Ganira Pashayeva vafoti esga olinib, marhuma xotirasiga hurmat bajo qilindi.  

Shundan soʼng, tadbirni UrDU rektori Baxrom Abdullayev ochib berib, barcha delegatsiya a’zolariga ushbu  tashrifdan o‘z mamnuniyatini izhor etib, shu kabi tashriflar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning yuqori darajadagi ko‘rinishlaridan biri ekanligini, ikki davlat o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar asosini uzoq o‘tmishga borib taqaladigan mustahkam do‘stlik rishtalari va qardoshlik, madaniyatlar, tillar hamda an’analar mushtarakligining umumiyligini tashkil etishini alohida ta’kidladi. Mehmonlarga Urganch davlat universiteti nomidan, qolaversa, Xorazm milliyligini aks ettiruvchi esdalik sovgʼalar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbirda Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari Botir Saidov, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov va Toshkentdagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori, professor Boboxon Sharipovlar ikki qardosh xalqning tarixiy yaqinliklari, Shusha va Xiva shaharlarining "Turkiy dunyoning madaniy poytaxti" deya e'lon qilinganligining mos tomonlari, madaniy-gumanitar aloqalar haqida atroflicha soʻz yuritdilar. Nizomiy Ganjaviy, Fuzuliy va Navoiy singari ulugʻ siymolarning oʻzaro ijodiy yaqinligi tilga olindi. 

Tadbirning madaniy qismida Ozarbayjondan tashrif buyurgan maqomchi sanʼatkorlar, Xorazmning taniqli ijodkorlari hamda Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalarining badiiy chiqishlari namoyish etildi. Har bir chiqishda ozar va oʻzbek  xalqlarining milliy madaniyati, sanʼati koʼrsatib berildi. Ozarbayjon erka farzandi Ganira Pashayeva xotirasiga sheʼrlar oʻqildi.

urdu.uz, “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi”ning ochilishi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi

Ulashish: