Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining yangi o'quv yilidagi ilk soni bo'lib o'tdi


Bugun, 22-sentabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakultetida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining yangi o'quv yiliga mo'ljallangan navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Unda universitet rahbariyati va O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.

Dastlab universitet birinchi prorektori D.Ibadulleyav hamda fakultet dekani D.Gʻayipovlar  soʻzga chiqib, bu kabi tanlovlar nafaqat yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, balki ularni bilim va tafakkurini yanada charxlashga xizmat qilishini taʼkidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladilar.

Tanlov o'zbek adabiyoti va she'riyatining taniqli vakili Erkin Vohidov va rus shoiri Sergey Yesenin ijodi bo'yicha tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda fakultetning 11 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.
 
Tanlov ishtirokchilarining o'zaro bahslari, Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 209-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan taqdimot, Erkin Vohidov hayoti va ijodi aks etgan videorolik, kuy-qo'shiq va go'zal raqslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi hamda shu yilning dekabr oyida boʻlib oʻtadigan final bosqichga yoʻl olishdi.

Gʻoliblar bilan tanishing:

1-o'rin: 221-o'zbek tili guruhi talabasi Ro'zmetova Gulmira
1-o'rin: 231-yevro guruhi talabasi  Samandarova Kamola
2-o'rin: 211-o'zbek tili guruhi talabasi Rahimova Dilrabo
3-o'rin: 201-o'zbek tili guruhi talabasi Komiljonova Komila

Ulashish: