Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Taniqli ijodkorlar bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda


Bugun, 3-oktabr sanasida iste'dodli yozuvchi, tarjimon, taniqli jurnalist, "Shuhrat" medali sohibi Nabijon Boqiy ishtirokida UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida Nabijon Boqiy o'z hayoti va ijodiy faoliyati borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Qatlnoma", Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotiga bag'ishlangan "Qizil toshbo'ron", yangi nashr qilingan "Madfun Turkiston" kabi tarixiy-badiiy asarlari, tarjimalari yuzasidan bahs-munozaralar olib borildi. Nabijon Boqiy tashrifi, yozuvchi bilan uchrashuv talabalarda katta taassurot uyg'otdi. Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ulashish: