Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Taniqli ijodkor Bahodir Sodiqning “Ko'zlardagi dunyo” kitobi taqdimoti va adabiy anjuman oʻtkazildi


Ayni paytda Urganch davlat universitetida O'zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan marhum shoir, taniqli munaqqid, adabiyotshunos olim Bahodir Sodiqning “Ko'zlardagi dunyo” kitobi taqdimoti va adabiy anjuman oʻtkazilmoqda.  

Anjumanda Respublikamizning taniqli ijodkorlari, yozuvchi va jurnalistlari, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, xususan, O'zbekiston xalq shoiri, "Ofarin" mukofoti sohibi Usmon Azim, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Mirzo Kenjabek, shuningdek, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʼlinmasi rahbari, shoira Gavhar Ibadullayeva va viloyatimizning taniqli yozuvchi va shoirlari, O'zbek filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etmoqda.  

Dastlab O'zbek filologiyasi fakulteti dekani, professor D.Gʻayipov adabiy anjumanga tashrif buyurgan mehmonlar, ularning ijodiy faoliyati, o'zbek adabiyoti rivojida Bahodir Sodiqning o'rni va "Ko'zlardagi dunyo" kitobining mazmun-mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, tadbirning birinchi qismini boshlab berdi.

Anjumanning asosiy qismida O'zbekiston xalq shoiri, "Ofarin" mukofoti sohibi Usmon Azim, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Mirzo Kenjabek va boshqa ijodkorlar tomonidan shoir Bahodir Sodiq xotirlanib, uning qisqa muddatli ammo oʼzbek adabiyoti olamida oʼziga xos oʼringa ega adabiy ijodi haqida, "Ko'zlardagi dunyo" kitobining mohiyati borasida maʼruzalar tinglandi. 

Ulashish: