Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Talabalar turar joyiga rahbariyat tashrifi


Bugun, 27-oktabr kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida  universitet rahbariyati, fakultet dekanlari  talabalar turar joylariga tashrif buyurishib, sharoitlar bilan tanishdilar va talabalarning muammolarini o′rgandilar. Yashash xonalari, oshxona va boshqa zaruriy xonalarni ko′zdan kechirdilar.

Talabalar bilan suhbatda bo′lib, yaratilgan barcha sharoitlardan oqilona foydalanib, bo′sh vaqtlarini mazmunli o′tkazish, muntazam kitob mutolaa qilish, to′g′araklarga qatnashib, hunar o′rganishga chaqirdilar. O′z navbatida, talabalar ham yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ayniqsa, 7-son TTJ oldida yangi barpo etilgan sport kompleksi uchun alohida minnatdorchilik bildirishdi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumini talofatsiz o′tkazish maqsadida universitetda olib borilayotgan ishlar haqida to′xtalib, yoshlarni texnika xavfsizlik qoidalariga qat′iy rioya qilishga chaqirdilar. 

Aytish joizki, bugungi kunda Urganch davlat universitetida 7 ta talabalar turar joyi mavjuda bo′lib, ular 3 100 sig′imga ega. Ko′p sonli talaba-yoshlarni o′z bag′riga olgan yotoqxonalarda yoshlarning xavfsizligini yanada samarali yo′lga qo′yish maqsadida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlik o′rnatilib, yotoqxonani qo′riqlash xizmati tashkil etildi. Bu haqda talabalarga ma′lumot berildi.

Tashrif yakunida rektor B.Abdullayev tomonidan masʼullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, TTJ da o‘rganilgan  masalalar muhokama qilindi. Yechimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

urdu.uz, Talabalar turar joyiga rahbariyat tashrifi

urdu.uz, Talabalar turar joyiga rahbariyat tashrifi

urdu.uz, Talabalar turar joyiga rahbariyat tashrifi

urdu.uz, Talabalar turar joyiga rahbariyat tashrifi

urdu.uz, Talabalar turar joyiga rahbariyat tashrifi

Ulashish: