Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Agar ogohsan, sen...


Bugun, 31-oktabr kuni UrDU Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Agar  ogohsan, sen...” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. 

Unda Urganch tumani Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazining bosh yuristkonsulti J.Abdukarimov, UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipovlar soʻzga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari haqida soʻz yuritdilar.  

100 ta maqsaddan iborat Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining 89-maqsadi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirishga qaratilganligi haqida maʼlumot berdilar.

urdu.uz, Agar ogohsan, sen...

urdu.uz, Agar ogohsan, sen...

urdu.uz, Agar ogohsan, sen...

Ulashish: